Obyomli harflar va yorug‘lik peshtoqlari
Akril obyomli harflar, kontur yoritish, nuqtali diod, alyukabond bort, yorug‘lik qutilari. Elektr sxemasi va kafolat hujjati bilan topshiriladi.
01 — Yo‘nalishlar
Har bir buyurtma bitta menejerga biriktiriladi. Maket tasdiqlanmaguncha ishlab chiqarish boshlanmaydi.
Akril obyomli harflar, kontur yoritish, nuqtali diod, alyukabond bort, yorug‘lik qutilari. Elektr sxemasi va kafolat hujjati bilan topshiriladi.
Minorali kranlarga banner va setka, qurilish to‘siqlari, fasad brandmaueri. Shamol yukiga hisob, alpinist brigadasi va ruxsat hujjatlari bizdan.
3.2 m gacha kenglik, 1440 dpi. Banner, setka, orakal, backlit, xolst va qattiq materiallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri UV bosma.
Vizitka, katalog, flayer, papka, bloknot, kalendar va qog‘oz paket. Ofset va raqamli bosma, laminatsiya, folga, konges.
Stend, press-wall, roll-up, navigatsiya, brendlangan zona va suvenir. CAEx Expo Centre va MDH davlatlaridagi tadbirlar uchun kalit topshirish shartida.
Logotip, brendbuk, bino ichi navigatsiya tizimi, tablichka va stendlar, avtopark brendlash. Barcha maketlar manba fayllari bilan.
Ellikdan ortiq pozitsiya — peshtoqdan suvenirgacha. Barchasi o‘z bazamizda, bitta shartnoma va bitta menejer bilan.
02 — Ixtisosimiz
Uchta yo‘nalishda bozorda kam uchraydigan tajribamiz bor. Aynan shular uchun bizga murojaat qilishadi.
Qurilish maydonidagi minorali kran — shaharning eng baland va eng arzon reklama maydoni. Strela va minoraga banner yoki shamol o‘tkazadigan setka o‘rnatamiz.
Peshtoq — brendning eng uzoq ishlaydigan reklamasi. Yetti xil texnologiyada tayyorlaymiz: oddiy, konturli, setkali, akril bortli, alyukabond, nuqtali diod va diodsiz.
Qurilish obyekti bir necha yil davom etadi va o‘nlab reklama elementini talab qiladi. Biz butun obyektni bitta shartnoma bilan yuritamiz.